Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zi ketar yor-yor, o‘zi kelar yor-yor

O‘zi ketar yor-yor, o‘zi kelar yor-yor

Shu yilning 16 oktyabr kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edik.

Arman qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat Bosh vaziri iste’foga chiqqach, Parlament 14 kun ichida yangi hukumat rahbarini saylashi kerak bo‘ladi.

Bugun, 23 oktyabr kuni esa Armaniston Bosh vazirligi uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayoni to‘xtatiladi.

Unga ko‘ra, Respublika partiyasi, “Armaniston taraqqiyoti” (“Sarukyan”) partiyasi va “Dashnoqsutyun” hukumat rahbarligi uchun nomzod ko‘rsatmasligini bildirgan.

“Fuqarolik kelishuvi” partiyasi ishtirokida tashkil etilgan Parlamentdagi “Elk” fraksiyasi Nikol Pashinyanni hukumat rahbarligi uchun nomzod sifatida ilgari surdi. Bu haqda Parlament matbuot xizmati rahbari Knyaz Saroyan xabar bergan.

Ertaga, 24 oktyabr kuni respublika Parlamentida ovoz berishning birinchi turi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joizki, agar Hukumat rahbari ikki urinishda saylanmasa, Parlament tarqatib yuboriladi va navbatdan tashqari Parlament saylovi o‘tkaziladi.

Pashinyan voqealar aynan shunday rivoj topishiga umid qilmoqda. U Parlament xalq manfaatlarini ifodalamaydi, shu sababli Parlament saylovi imkon boricha tezroq o‘tkazilishi kerak, deb hisoblaydi.

Manba: qalampir. com

Kiritildi: 20:54 23.10.2018. O'qildi: 2593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!