Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

«O‘zi chorakfinalgacha yetib kelishimizni hech kim kutmagandi»

«O‘zi chorakfinalgacha yetib kelishimizni hech kim kutmagandi»

Turkiya milliy jamoasi sardori Hoqon Chalxano‘g‘li Yevro-2024 chorakfinalida Niderlandiyadan uchralgan mag‘lubiyat (1:2) haqida fikrini bildirdi.

«To‘g‘risini aytishimiz kerak – Turkiyadek yosh tarkibga ega jamoaning chorakfinalgacha yetib kelishimizni hech kim kutmagandi. Shaxsan men jamoamdagi har bir o‘yinchi bilan faxrlanaman. Milliy jamoam bilan imkonqadar uzoqroqqa borishga harakat qilgandim. Turkiya milliy jamoasida to‘p surayotganimdan faxrlanaman, bu sharafli», - deydi Hoqon UYEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya ushbu musobaqada Gruziya, Chexiya va Avstriya ustidan g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Portugaliya va Niderlandiyaga yutqazdi.

Kiritildi: 13:27 07.07.2024. O'qildi: 1151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!