Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbeklar boshqa davlatlar aholisiga qaraganda erta qariyapti

O‘zbeklar boshqa davlatlar aholisiga qaraganda erta qariyapti

Britaniyaning The Lancet ilmiy jurnali turli mamlakatlardagi qarish belgilarining o‘rtacha yoshiga bag‘ishlangan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. O‘zbekiston uchun bu 57 yoshni tashkil etdi. Bu haqda sof nashri yozmoqda.

Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, keksayishning o‘rtacha yoshi 65 yoshni tashkil qiladi, ammo O‘zbekistonda bu yosh ancha oldinroq keladi. Shunday qilib, respublika mamlakatlarning umumiy reytingida 183-o‘rinni egalladi.

Rossiyada ham qarish jarayoni oldinroq boshlanadi 59 yoshda, ya’ni prezident tomonidan tayinlangan pensiya yoshidan bir yil oldin keladi.

Olimlar tomonidan o‘rganilgan davr 27 yilni tashkil qilgan 1990- yildan 2017 yilgacha.

Bundan tashqari, olimlar keksayishning eng kechi 76,1 yoshda Yaponiya va Shveysariya aholisi orasida, shuningdek, Fransiya va Singapurda 76 yoshda ekanligini aniqlashgan.

Shuningdek, xammadan erta - Papua-Yangi Gvineya (45,6), Marshall orollari (51) va Afg‘oniston (51,6) aholisida keksayish alomatlari paydo bo‘lishi aniqlangan.

Kiritildi: 18:28 14.03.2019. O'qildi: 2274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!