Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Norvegiya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Norvegiya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Norvegiyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) Rahmatulla Nurimbetov 15 may kuni ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston–Norvegiya munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, «yashil» energiyani rivojlantirish, qashshoqlikni kamaytirish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi rolini oshirish kabi muhim yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.

Kiritildi: 15:58 18.05.2025. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!