Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mazkur mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.

Elchixona Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati sabab quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qildi:

  • Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlaning;
  • Isroil rasmiylari va O‘zbekiston elchixonasi hamda rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo‘mondonligi (Home Front Command)dan bildirishnoma va ogohlantirishlar olish uchun uning mobil ilovasi yoki veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo olib yuring. Favqulodda vaziyatlarda bu tezroq yordam olish imkonini beradi;
  • Imkon qadar olomondan qoching va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklaning.

Yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi aloqalar orqali murojaat qilish tafsiya etiladi:

  • 03-672-2466
  • 03-672-2371
  • 03-758-5075
  • 03-758-5076

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054-485-1397

Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

Eron va Isroil o‘rtasidagi urush ehtimoli

Kiritildi: 09:31 29.06.2024. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!