Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonlik polisiyachi qiz Nyu Yorkda o‘g‘irlikda ayblanmoqda

O‘zbekistonlik polisiyachi qiz Nyu Yorkda o‘g‘irlikda ayblanmoqda

Nyu York polisiya xizmatchisi, asli buxorolik Sadoqat Maqsudova 300 dollarlik kiyim-kechakning pulini bermasdan do‘kondan chiqib ketayotganida qo‘lga olingani aytilmoqda. Nyu York polisiyasi unga nisbatan ayblov ilgari surilgani va vaqtincha ishdan chetlatilganini tasdiqladi. Maqsudovaning o‘zi o‘g‘irlik qilganini rad qilmoqda. Bu haqda "minbar.uz" yozmoqda.

New York Post nashrining yozishicha, Sadoqat Maqsudova 15 avgust kuni Staten Island savdo majmuasidan qimmatbaho kiyimlarning pulini to‘lamasdan chiqib ketayotganida ushlangan.

"U pulini to‘lamasdan do‘kondan chiqib ketishga harakat qilayotganida mahsulotlarning yo‘qolishini oldini oluvchi xodim tomonidan to‘xtatilgan. Uning sumkasidan 300 dollardan qimmatroq qiymatdagi kiyimlar chiqqani aytilmoqda", deyiladi xabarda.

Xabarda Maqsudova mayda o‘g‘irlikda ayblanib, xizmatidan vaqtincha chetlatilgani yozilgan.

24 yoshli Sadoqat Maqsudova Bi-bi-siga o‘tgan payshanba kuni do‘kondan o‘g‘irlik qilib ushlangani haqidagi xabarni yolg‘on dedi.

"Men bunga izoh berolmayman. Bu Nyu York polisiya departamenti ichidagi narsa. Biz buni hali sudit qilamiz. Lekin man ishdan haydalganim yo‘q, ishlavomman", dedi u.

Maqsudova nima uchun uning nomi xabarlarga chiqib qolgani va payshanba kuni xabarda nomi ko‘rsatilgan do‘konga borganmisiz, degan savollarga javob bermadi.

Bi-bi-si Nyu York polisiya departamenti bilan bog‘landi.

Ismi sir qolishini istagan manba, Sadoqat Maqsudova 15 avgust kuni do‘konda o‘g‘irlik qilishda ayblanayotganini tasdiqladi.

Manbaning aytishicha, ayni damda ish o‘rganib chiqilmoqda va bu vaqtda Maqsudova vaqtinchalik ishdan chetlatilgan.

Amerika ovozi 2018 yil iyun oyida tayyorlagan xabarda aytilishicha, buxorolik Sadoqat Maqsudova Nyu-Yorkka oilasi bilan 2009 yilda ko‘chib kelgan.

U bir yarim yillik kadetlik kursidan so‘ng Nyu-York polisiya akademiyasiga kirgan va olti oylik kursni bitirib, polisiya xizmatiga ishga qabul qilingan.

U xizmatni o‘zbeklar ko‘p istiqomat qiladigan Bruklin tumanida o‘tayotgani aytilgan.

Uning bobosi va buvisi Sadoqat Nyu-York shahri osoyishtaligini saqlashga hissa qo‘shishidan xursand ekanliklarini bildirishgan edi

 

Kiritildi: 09:56 20.08.2019. O'qildi: 3697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!