Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonlik harbiy uchuvchilar amerikalik hamkasblariga master-klass o‘tdi

A A A
O‘zbekistonlik harbiy uchuvchilar amerikalik hamkasblariga master-klass o‘tdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiy aviasiya delegasiyasini O‘zbekistonga tashrifi doirasida Mudofaa vazirligi Harbiy-havo kuchlariga tegishli harbiy qismlardan birida joylashgan harbiy aerodromda hamkorlikdagi trening mashg‘ulotlari va parvozlarni amalga oshirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Parvozlar turli iqlim sharoitlarida — tog‘li va sahro, tungi ko‘rish moslamalaridan foydalangan holda o‘tkazildi. Xorijlik harbiy mutaxassislar o‘zlarining nazariy tajribalari bilan bo‘lishganidan so‘ng, o‘zbekistonlik uchuvchilar olingan bilim va ko‘nikmalarni amalda sinab ko‘rdi. Buning uchun ikkita maxsus vertolyot tayyorlanib, hamkorlikda parvozlar amalga oshirildi.

Ta’kidlanishicha, juda past balandlikda kuchli kesishgan hududlarda parvozlarni amalga oshirish eng murakkab jarayon hisoblanadi. Bu kabi sharoitda uchish uchun katta tajribaga ega professional uchuvchilar tanlab olinadi. AQShdan kelgan harbiy uchuvchilar o‘zbekistonlik uchuvchilar yordamida baland tog‘ daralari ustidan parvoz qilib, mahalliy hududning ajoyib manzaralarni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

AQSh Qurolli kuchlari uchuvchisi podpolkovnik Bred Xouning qayd etishicha, tashrifdan maqsad — O‘zbekiston bilan vertolyot va transport aviasiyasi sohasida uchuvchilarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilishdan iborat.

«O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlarining uchuvchilari boshqaruvida parvozlarni amalga oshirdik. To‘g‘risini aytaman, ular yuqorida darajadagi parvozlarni namoyish etdi. Missisipi shtatidan bo‘lgan uchuvchilarimiz uchun bu haqiqiy master-klass. Bizda mashg‘ulotlar asosan tekkis hududlarda amalga oshiriladi, shu sabab uchuvchilarimizning tayyorgarlik darajasini oshishi uchun sizning tajribangiz muhim ahamiyatga ega», — dedi Xou.

 

Kiritildi: 21:13 12.09.2019. O'qildi: 1424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!