Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionatining 1/8 finalida ishlaydi

O‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionatining 1/8 finalida ishlaydi

O‘zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Paragvay – Fransiya uchrashuviga tayinlandi.

Ilgiz Tantashevga qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.

Uchrashuv 5 iyul kuni soat 02:00 da AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalar doirasiga to‘g‘ri kelayotgani bois, stadionda mamlakatning yuqori martabali davlat amaldorlari ham tashrif buyurishi kutilmoqda.

Kiritildi: 23:32 02.07.2026. O'qildi: 1435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik