Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistondagi maktablarda shaxmat darslari joriy etiladi

O‘zbekistondagi maktablarda shaxmat darslari joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
 
Qarorga muvofiq majburiy maktab dasturlari doirasida 150 ta maktabda tajriba tariqasida shaxmatga o‘qitish tashkil qilinadi.
 
Shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi O‘zbekiston shaxmat federasiyasi tasarrufiga berildi.
 
2018 yil 1 sentyabrdan boshlab mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha shaxmat klublari hamda shaxmatga o‘qitish va tayyorlashni amalga oshiruvchi boshqa sport muassasalari majburiy akkreditasiyadan o‘tkaziladi.
 
Xalq ta’limi vazirligiga 2018 yil 20 avgustga qadar maktablarida shaxmatga o‘qitish bo‘yicha ta’lim dasturlarini tasdiqlash vazifasi yuklandi.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 20:43 09.08.2018. O'qildi: 1512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!