Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligon foydalanishga topshirildi

O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligon foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasidagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okgugga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi.

Ushbu dala-o‘quv maydonining ochilish marosimida mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov, “O‘zbekiston Qahramoni”, Nuroniy jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Hasan Normurodov, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tumandagi maktab o‘quvchi yoshlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Dala-o‘quv maydoni chinakam ma’noda askar akademiyasidir. Chunki poligonda harbiy xizmatchi nazariy bilimlarini amaliy sinovdan o‘tkazadi. Shu bois, Vatan himoyachilarining ham ma’nan, ham ruhan, ham jismonan tayyorgarligi oshishida, jangovar shayligining rivoj topishida poligonlarning o‘rni muhimdir.

Tantanali marosimda so‘z olgan mudofaa vaziri dala-o‘quv maydoni qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi. Albatta, bu kabi poigonlar yurtimiz himoyasi uchun bel bog‘lagan asl o‘g‘lonlar uchun malaka va tajriba orttirish maydoni bo‘lishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng poligon qurilishida o‘zining vatanparvarligini, yurtsevarligini ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilar mudofaa vaziri tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, dala-o‘quv maydoni infratuzilmasini bunyod etgan qurilish tashkilotlari vakillariga to‘n kiygizildi.

Ochilish marosimidan keyin mudofaa vaziri general-mayor B. Qurbonov boshchiligida zamonaviy dunyo talablariga mos keladigan o‘quv sinflari, tibbiyot punkti, yotoqxonalar, oshxona, sport zali, madaniyat markazi hamda jangovar texnikalar va avtomobillar turarjoylari ko‘zdan kechirildi. Askar va ofiserlar oshxonasi ko‘zdan kechirilayotgan pallada uning bugungi kunda shahar markazlarida urf bo‘lgan “Milliy taomlar”dan kam emasligi alohida ta’kidlandi.

Poligon inftuzilmasidan so‘ng navbat dala-o‘quv maydonini nazardan o‘tkazishga keldi. O‘zbekistondagi eng katta poligon chindan ham dunyo standardlariga to‘la-to‘kis javob beradi. Unda bir vaqtning o‘zida barcha turdagi jangovar texnikalarni qo‘llagan holda o‘quv-mashg‘ulotarini olib borish imkoniyati yaratilgan.

Shuning o‘zi ham uning boshqa poligonlardan alohida ajarilib turishini ta’minlaydi.

O‘tkazilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida harbiy xizmatchilar zamonaviy poligonda yaratilgan o‘quv joylarida bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilishdi.

Islomjon QO‘CHQOROV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Kiritildi: 11:19 07.11.2019. O'qildi: 2044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!