O‘zbekistonning sharqiy hududlarida 6 dekabr tunda yer qimirlashi kuzatildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila soat 2:04 da sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra:
Magnituda: 4,5
Chuqurlik: 17 km
Episentr: Namangan viloyati, Pop tumani
Toshkentdan masofa: 135 km janubiy-sharqda
Er silkinishi hududlarda quyidagicha sezildi:
Episentrda: 5 ball
Namangan viloyati: 3 ball (77 km)
Farg‘ona viloyati: 2–3 ball (104 km)
Andijon viloyati: 2 ball (129 km)
Toshkent shahri: 2 ball
Sirdaryo viloyati: 2 ball (173 km).