Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda ommaviy emlash tadbirlari 1 apreldan boshlanadi

O‘zbekistonda ommaviy emlash tadbirlari 1 apreldan boshlanadi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoniga tayyorgarlik ishlari oxiriga yetkazilmoqda. Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  rahbari o‘rinbosari Nurmat Atabekov SSV Matbuot xizmatiga mazkur jarayonlarning borishi haqida ma’lumot berdi.

—  O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari 2021 yilning 1 aprelidan boshlanadi, — dedi Nurmat Atabekov. —  Birinchi galda 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan shaxslar va tibbiyot xodimlari emlanishi rejalashtirilmoqda. 

Albatta, bunda tibbiyot xodimlarining barchasi emas, aynan koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lish orqali kasallikni yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlar, xususan:

❗️Koronavirusni davolashga ixtisoslashgan maxsus shifoxonalar;
❗️Tez tibbiy yordam tizimi;
❗️Shoshilinch tibbiy yordam tizimi;
❗️Yuqumli kasalliklar shifoxonalari;
❗️Koronavirus tashhisoti laboratoriyalari;
❗️Birlamchi bo‘g‘in, ambulatoriya va poliklinika xizmati xodimlari emlanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 15:21 29.03.2021. O'qildi: 2628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!