Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda ilk bor Ayollar universiteti ochiladi

O‘zbekistonda ilk bor Ayollar universiteti ochiladi

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning mamlakatimizga tashrifi doirasidagi uchrashuvlarda Toshkentda Koreya Xalqaro Kyungin Ayollar universiteti filialini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Bu haqida uz24.uz xabar bermoqda.

Mazkur oliygohni tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum joriy yilning 20 aprel kuni Koreyadagi Kyungin ayollar universiteti, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxus ta’lim vazirligi hamda O‘zto‘qimachiliksanoat assosiasiyasi tomonidan imzolangan.

OTMning yurtimizdagi filialiga Toshkent shahridagi xalqaro Kyungin Universiteti nomi beriladi.
Mazkur ta’lim muassasi yengil sanoat, dizayn, moda, aviasiya va turizm kabi yo‘nalishlarda xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlaydi.

Ma’lumot uchun: Kyung-in Woman s University 1990 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning kampusi Inchxon shahrida joylashgan. Bugungi kunda mazkur ta’lim muassasida 2000dan ortiq talaba ta’lim oladi.

Kiritildi: 10:50 24.04.2019. O'qildi: 1853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!