Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda ikkita yangi agentlik tashkil etilishi kutilmoqda

A A A
O‘zbekistonda ikkita yangi agentlik tashkil etilishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Eksimbank milliy agentligini tuzish konsepsiyasi ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

"7news.uz"ning xabar berishicha, joriy yilning 25 iyul kuni Tashqi savdo vazirligida Jamshid Xo‘jayev va Stefk Slavov boshchiligidagi Jahon banki delegasiyasining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, vazir uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda Eksimbank milliy agentligini tuzish ustida ish olib borilayotgani haqida gapirib o‘tgan.

«Eksportga yo‘naltirilgan kredit mablag‘larni sug‘urtalash bo‘yicha Agentlik hamda Eksimbank milliy agentligini tuzish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilmoqda», deydi u.

Shu o‘rinda Jahon banki mutaxassisi Tomas Vis ham «eksport amaliyotini sug‘urtalash» rivojlangan davlatlar tajribasida keng uchrashini qayd etgan.

Kiritildi: 13:53 29.07.2018. O'qildi: 1299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!