Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda chilim chekish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda chilim chekish taqiqlanishi mumkin

Parlamentning quyi palatasi yalpi majlisida “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretlarni chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi kelishildi. Bu haqda “Qalampir.uz” internet nashrining manbalari xabar bermoqda.
 
Unga ko‘ra, qonun loyihasi fuqarolarning sog‘lig‘ini chilim va elektron sigaretlarini chekishdan yuzaga keladigan zaxarli ta’siridan himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilishni nazarda tutadi.
 
Muhokama jarayonida siyosiy partiyalar vakillari tomonidan bildirilgan fikrlariga ko‘ra, qonun loyihasi chilim va elektron sigaretlar chekish natijasida yuzaga keladigan kasalliklar tarqalishini oldini oladi.
 
Tartibga ko‘ra, qonun loyihasi parlament quyi palatasida yana bir bor ko‘rib chiqilishi kerak, shundan so‘ng Senatga yuboriladi.

Kiritildi: 12:33 22.06.2018. O'qildi: 2539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!