Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda bir necha kun davomida qor yog‘adi

O‘zbekistonda bir necha kun davomida qor yog‘adi

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, yaqin kunlarda Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 21 dekabr kuni esa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. 18 dekabr kuni kechasi -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja, 19-21 dekabr kunlari 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqatgina 19 dekabr kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. 18 dekabr kuni kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja, 19-21 dekabr kunlari 0...+5 daraja bo‘ladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18 va 21 dekabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 19-20 dekabr kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0...+5, 18 dekabr kuni kunduzi +7...+12, 19-21 dekabr kunlari +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, 21 dekabrda esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi -3...+2 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 18-20 dekabr kunlari yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, 21 dekabrda esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati 18-19 dekabr kunlari kechasi -2...-7 daraja, 20-21 dekabr kunlari -7...-12 daraja sovuq bo‘ladi.

Kiritildi: 15:12 17.12.2018. O'qildi: 12444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!