Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston yana bitta «Boeing-787 Dreamliner» samolyotini xarid qildi

A A A
O‘zbekiston yana bitta «Boeing-787 Dreamliner» samolyotini xarid qildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining aviaparki navbatdagi yangi avlod samolyoti – “Boeing-787 Dreamliner”  bilan to‘ldirildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Aviakompaniyaning ushbu rusumdagi uchinchi avialayneri MAK aviaparkida mavjud bo‘lgan avvalgi ikkita “Boeing-787 Dreamliner” dan yo‘lovchi o‘rindiqlarining soni oshig‘ligi va ekipaj dam olishi uchun alohida bo‘linma tashkil etilganligi bilan farqlanadi.

Ushbu samolyotda ham aviakompaniyaning boshqa “Boeing-787 Dreamliner” havo kemalaridagi kabi yonilg‘i tejash samaradorligini oshirish, shovqin darajasini pasaytirish va atmosferaga CO2 ajrab chiqishini kamaytirish imkonini beruvchi GE Aviation kompaniyasining GEnx-1B dvigatellari o‘rnatilgan.

Ikki klassli komponovkada ishlangan samolyotning keng sahni 270 o‘rindiqqa (biznes klassi - 24, iqtisodiyot klassi - 246) ega. Laynerning qulay va keng o‘rindiqlar, yangicha yoritish va shovqin o‘tkazmaydigan tizimlar, pol qoplamalari hamda alohida har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar bilan jihozlangan.

Kelgusidagi rejalarga ko‘ra, Milliy aviakompaniya 2020 yilga qadar ushbu rusumdagi samolyotlar sonini oltitagacha yetkazishi ko‘zda tutilgan.

manba; xs.uz

Kiritildi: 07:19 18.05.2018. O'qildi: 1580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik