Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston-Xitoy: parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi

O‘zbekiston-Xitoy: parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi

Oliy Majlis Senatida Butunxitoy xalq vakillari majlisi doimiy qo‘mitasi Raisi Chjao Leszi boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston-Xitoy davlatlarining tarixiy munosabatlari qadimdan to bugunga qadar davom etib kelayotgani, ayniqsa, ikki davlat yetakchilarining do‘stona aloqalari va qat’iy siyosiy irodasi tufayli ushbu hamkorlik mustahkamlanayotganini alohida e’tirof etdi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda parlamentlarning tutgan o‘rni yuksak ekani, uni amaliy mazmun bilan boyitish lozimligini ta’kidladi.

Bunda parlament do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, o‘zaro tashriflarni amalga oshirish, qo‘mitalar o‘rtasida yaqin munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, qonun ijodkorligi va parlament nazorati yo‘nalishlarida tajriba almashish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston viloyatlari va Xitoyning provinsiyalari maxalliy kengashlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish, xududiy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha bildirilgan takliflar mehmonlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasida nafaqat savdo- iqtisodiy, balki, madaniy-gumanitar, ilm-fan, ta’lim yo‘nalishlarida ham hamkorlikni yanada chuqurlashtirish lozimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama munosabatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash, xalqaro parlament tuzilmalari doirasida hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tashabbuslarini doimiy qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.

CH.Leszi Senatning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Kiritildi: 16:49 08.07.2024. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!