Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Eron bilan durang o‘ynadi

A A A
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Eron bilan durang o‘ynadi

Saudiya Arabistonida o‘tayotgan Osiyo kubogi 2-tur o‘yinida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Eron termasi bilan durang qayd etdi.

Har ikkala jamoa ham maydonda bir-birini ayab harakat qildi, deyish mumkin. Ammo g‘alaba ko‘proq eronliklarga zarurroq edi.

Shu sababdan ikkinchi bo‘limda ular hujumlarni zo‘r berdi. Biroq yakunda hisob ochilmadi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Janubiy Koreya termasi Livan ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda birinchi o‘ringa chiqib oldi.

3-tur o‘yinlari 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston va Janubiy Koreya jamoalari maydonga tushadi.

Osiyo kubogi, S guruhi, 2-tur

Eron - O‘zbekiston 0:0

Kiritildi: 22:16 10.01.2026. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!