Bugun 16 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston U-23 Osiyo o‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston U-23 Osiyo o‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 2026 yilgi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yirik g‘alaba bilan boshladi. Ravshan Haydarov shogirdlari "C" guruhining 1-turida Filippin terma jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvda hisob 30-daqiqada ochildi. Jamoa sardori Muhammadali O‘rinboyev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, O‘zbekistonni oldinga olib chiqdi.

62-daqiqada Saidumarxon Saidnurullayev ustunlikni ikki to‘pga yetkazdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Joshua Merino Filippinning javob golini urdi.

Biroq O‘zbekiston shundan keyin ham hujumkor o‘yinni davom ettirdi. 71-daqiqada Saidnurullayev ikkinchi bor gol urib, dubl qayd etdi. 74-daqiqada Ro‘ziboy Fayzullayev, 80-daqiqada esa Muhammadali Reimov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy hisobni belgiladi — 5:1.

Shu tariqa, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Aichi va Nagoya shaharlari mezbonlik qilayotgan XX Osiyo o‘yinlarini muvaffaqiyatli boshladi.

Ravshan Haydarov jamoasi 18 sentyabr kuni Kuvaytga, 22 sentyabr kuni esa Vyetnamga qarshi maydonga tushadi.

2026 yilgi Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasida 15 ta terma jamoa 4 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda. Har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi.

Osiyo o‘yinlari-2026, 1-tur
O‘zbekiston — Filippin — 5:1

Gollar: 1:0 — Muhammadali O‘rinboyev (30), 2:0 — Saidumarxon Saidnurullayev (62), 2:1 — Joshua Merino (63), 3:1 — Saidumarxon Saidnurullayev (71), 4:1 — Ro‘ziboy Fayzullayev (74), 5:1 — Muhammadali Reimov (80).

O‘zbekiston: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazoyev (Nurlan Ibraimov, 74), G‘iyosjon Rizaqulov, Ravshan Xayrullayev, Sardor Bahromov, Saidumarxon Saidnurullayev (Muhammadali Reimov, 74), Muhammadali O‘rinboyev (Shodiyor Shodiboyev, 58), Asilbek Jumayev (Oybek O‘rmonjonov, 79), Ro‘ziboy Fayzullayev, Ollabergan Karimov (Azizbek To‘lqinbekov, 58).

Zaxira: Maksim Murkayev, Quvonchbek Xushvaqtov, Amirbek Saidov, Umar Rustamov, Diyor Abduanazarov, Firdavs Abdurahmonov, Dilshod Abdullayev.

Filippin: Nikolas Gumaraesh, Martin Merino, Sandro Reyes, Skott Vuds, Gavin Muyens, Andres Aldeger, Jon Lussero, Maykl Baldisimo, Kristian Rontini, Antuan Ortega, Santyago Rubliko.

Zaxira: Jose Gonsales, Patrik Dey, Brayan Vilyanueva, Gabriel Gumaraesh, Kamil Amirul, Dov Karino, Rien Lim, Xayme Roskilyo, Itan Smit, Jared Penya, Brayan Makmanus, Aydan Astilla.

Chetlatish: Gavin Muyens (Filippin) — 48-daqiqa.

Kiritildi: 15:03 15.09.2026. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!