O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH—2026 uchun 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi.
Murabbiylar shtabi yakuniy ro‘yxatga Sherzod Temirov, Umarali Rahmonaliyev, Jasur Jaloliddinov va Ruslanbek Jiyanovni kiritmagan.
Fabio Kannavaro yakuniy ro‘yxatga 3 nafar darvozabon, 10 nafar himoyachi, 10 nafar yarim himoyachi va 3 nafar hujumchini kiritdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati uchun tarkibi:
Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov, Abduvohid Ne’matov, Botirali Ergashev.
Himoyachilar: Abduqodir Husanov, Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiyev, Rustam Ashurmatov, Umar Eshmurodov, Sherzod Nasrullayev, Abdulla Abdullayev, Avazbek O‘lmasaliyev, Jahongir O‘rozov, Behruz Karimov.
Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov, Jamshid Iskanderov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov, Dostonbek Hamdamov, Aziz G‘aniyev, Abbosbek Fayzullayev, Sherzod Esanov.
Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Igor Sergeev, Azizbek Omonov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini Meksikada o‘tkazadi, qolgan ikki uchrashuv esa AQShdagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi. “Oq bo‘rilar” 18 iyun kuni birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvga Meksika poytaxtidagi “Asteka” stadioni mezbonlik qiladi.
Jamoa ikkinchi tur doirasida 23 iyun kuni Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Mazkur bellashuv AQShdagi “Xyuston” stadionida o‘tkazilishi belgilangan. Guruhdagi so‘nggi uchrashuv 28 iyun kuni “Atlanta” stadionida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.