Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Sloveniyaga keldi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Sloveniyaga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanaga keldi.

Samolyot oldida davlatimiz rahbarini Bosh vazir o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Yoje Puchnik nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan muzokaralar o‘tkazadi, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.

O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmasevtika, elektrotexnika, "yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperasiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migrasiyasi bo‘yicha hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 08:51 22.05.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!