Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Prezidenti DFC korporasiyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti DFC korporasiyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga tashrifi doirasidagi ishbilarmonlik dasturi doirasida 6 noyabr kuni AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporasiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blekni qabul qildi.

DFC – AQShning milliy rivojlanish instituti bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy kapitalni safarbar qilish bilan shug‘ullanadi.

Uchrashuvda oliy darajadagi faol muloqotlar va savdo-investisiyaviy hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Energetika, muhim minerallar, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi va AT sohalarida yirik qo‘shma tashabbuslar ishlab chiqilmoqda.

Amaliy sheriklikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma investisiya platformasini yaratishni jadallashtirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Toshkent shahrida korporasiyaning mintaqaviy ofisini ochish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari korporasiyaning infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik asosida ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:31 06.11.2025. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!