Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Bishkek shahriga keldi.

“Manas” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administrasiyasi rahbari Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi hamda VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Kiritildi: 17:39 31.08.2026. O'qildi: 1283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!