Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Prezidenti AQSh savdo vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti AQSh savdo vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari savdo vaziri Xovard Latnik bilan muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo va investisiyaviy hamkorlikni faollashtirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston – AQSh munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi 4 baravar ko‘payib, qariyb 1 milliard dollarga yetdi. O‘zbekistonda AQShning 300 dan ortiq kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va innovasiya sohalarida qator yirik kooperasiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Savdo aloqalarini mustahkamlash, hududlararo hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratish, shuningdek, Muvofiqlashtiruvchi kengash ta’sis etishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. AQShdan soya va paxta yetkazib berish, shuningdek, Amerikaning ilg‘or tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dastlabki shartnomalar tuzilgan.

Muzokaralar yakunida qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun investisiya platformasini yaratish orqali amaliy hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.

Kiritildi: Bugun 01:08. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!