Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston fuqarosi hamyurtining ikki oylik chaqalog‘ini o‘g‘irlab ketdi

O‘zbekiston fuqarosi hamyurtining ikki oylik chaqalog‘ini o‘g‘irlab ketdi

O‘zbekistonlik kasal chaqaloqning biologik onasi o‘z vatandoshini ko‘rsatmoqda, hujjatlarga ko‘ra u qiz farzandni dunyoga keltirgan.

"Kun" nashriga ko‘ra, 16 noyabr kuni O‘zbekistonning 24 yoshli fuqarosi Moskva tumani polisiyasiga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 20 sentyabr kuni Ordjonikidze ko‘chasidagi tug‘uruqxonada qiz farzandni dunyoga keltirgan. Ro‘yxatdan o‘tmagani va oqibatlardan qo‘rqqani tufayli ayol 36 yoshli vatandoshining hujjatlaridan foydalangan. Har ikki ayolning tashqi qiyofasi juda o‘xshashdir.

Dunyoga kelgan qiz kasal ekani aniqlandi: yurak porogi. Chaqaloqni Avangard ko‘chasidagi 1-sonli bolalar shifoxonasiga olib borishgan. Biologik onaning so‘zlariga qaraganda, 14 noyabr kuni ertalab hamyurti kasalxonaga kelib, bolani jonlantirish bo‘limidan olib ketgan. Unga rad javobi berishning iloji bo‘lmagan: sababi hujjatlar bo‘yicha aynan u chaqaloq onasidir.

Ta’kidlanishicha, hozirgi paytda gumonlanuvchi va bolaning qayerda ekani aniqlashtirilmoqda. 

Kiritildi: 15:06 17.11.2018. O'qildi: 1472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!