Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi: "Bu hududlarga bora ko‘rmang"

O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi: "Bu hududlarga bora ko‘rmang"

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Hindistonda bo‘lib turan yoki borishni rejalashtirgan fuqarolarni u yerdagi tabiiy ofat yuz bergan hududlarga bormaslikka chaqirdi.

O‘zbekistonning Hindistondagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Hindistonning Bixar shtati va boshqa hududlarida qattiq yomg‘irlar yog‘ishi natijasida suv toshqinlari va o‘pirilishlar sodir bo‘lmoqda. Elchixona mutasaddilari O‘zbekiston fuqarolaridan ushbu hududlarga yaqin bormaslikni so‘radi

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Hindistonda yuz berayotgan toshqinlar va o‘pirilishlar oqibatida minglab odamlar xavfli hudularni tark etishga majbur bo‘lgan.  Mamlakat bo‘yicha jami 110 dan ortiq odam mazkur tabiiy ofat qurboni bo‘lgan. 

Shu munosabat bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti Hindistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini tabiiy ofat hududlariga vaqtinchalik bormaslikka chaqirgan.

Kiritildi: 11:16 02.10.2019. O'qildi: 8766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!