Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston – Fransiya yillik tashqi savdo aylanmasi 1,1 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston – Fransiya yillik tashqi savdo aylanmasi 1,1 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 2024 yilda 1,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 135,9 million AQSh dollariga yoki 13,6 foizga o‘sgan.

TSA tarkibida eksport hajmi 795,1 mln AQSh dollari, import hajmi 336,2 million AQSh dollariga yetgan.

Eksport tarkibi (2024 yil, AQSh dollarida):

  • Kimyoviy vositalar — 773,3 mln
  • Xizmatlar — 7,9 mln
  • Turli tayyor buyumlar — 4,2 mln.

Import tarkibi (2024 yil, AQSh dollarida):

  • Kimyoviy vositalar — 161,8 mln
  • Mashinalar va transport uskunalari — 89,4 mln
  • Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 46,6 mln.
Kiritildi: 00:58 16.03.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!