Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston elchisi: “Do‘stlik” NO‘P yopilmagan”

A A A
O‘zbekiston elchisi: “Do‘stlik” NO‘P yopilmagan”

Avvalroq, o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazuv punktida qirg‘izistonliklar O‘zbekistonga kiritlmayotgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu xabarlar tarqagach, O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi elchisi Komil Rashidov “Do‘stlik” NO‘P odatiy tartibda ishlayotganini ma’lum qilgan. bu haqda “Vecherniy Bishkek” xabar bermoqda.

“NO‘P yopilmagandi. Chegarachilar odamlarni chegaradan tartibg solgan holda o‘tkazayotgandi”, deb vaziyatga oydinlik kiritgan diplomat.

Komil Rashidov O‘zbekiston Chegara xizmati fuqarolarning har ikki tomonga o‘tishi muammolarsiz va ortiqcha kechiktirishsiz amalga oshishi tarafdori ekanini qo‘shimcha qilgan. ma’lum qilinishicha, nazorat-o‘tkazish punkti xalqaro maqomga ega va kuniga 24 soat ishlaydi.

Manba: qalampir. com

Kiritildi: 19:12 22.09.2018. O'qildi: 1426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik