Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston do‘stlari kimlar? Mirziyoyev javob berdi

O‘zbekiston do‘stlari kimlar? Mirziyoyev javob berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga safari chog‘ida O‘zbekistonning haqiqiy do‘stlari kim ekanini aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi Mirziyoyev taklifi bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan.

Haqiqiy ahvolni gapirgan odam bizga do‘st. Uchrashuvimiz hamma masalalarni joy joyiga qo‘yish bo‘yicha foydali bo‘lsin , - dedi sessiya davomida davlat rahbari.

Prezident foydali qazilmalarga boy, uch martagacha hosil olsa bo‘ladigan tabiiy sharoitga ega, aholisi mehnatsevar Surxondaryo viloyati salohiyatining hali o‘ndan biri ham ishga solinmaganini qayd etdi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot mamlakat ko‘rsatkichidan 2,3 barobar, xizmat ko‘rsatish 2 barobar, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish 8 barobar kam ekanini ko‘rsatib o‘tildi. Viloyatda iqtisodiy faol aholining 10 %i ishsiz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 54 % ekani tanqid qilindi.

Mirziyoyev sessiya davomida chet eldan investisiya olib kelib, zamonaviy korxonalar tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi va mahalliy byudjetlar daromadini ko‘paytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Kiritildi: 14:30 02.05.2019. O'qildi: 3236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!