Ochilish marosimida ishtirokchilarga Koreya Respublikasi Prezidentining videomurojaati taqdim etildi. Tadbir doirasida Koreya Respublikasi Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vaziri Li San Min, BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun, AQSh Ichki xavfsizlik vazirining fan va texnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari D.Kuznesov va boshqa mamlakatlarning raqamlashtirishga mas’ul idoralar rahbarlari va diplomatik korpus vakillari ham qatnashdi.
Ochilish tadbiri doirasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun vazir Sherzod Shermatov bilan muloqotda O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurganini ta’kidlab, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarni iliq so‘zlar bilan eslagani qayd etiladi.
Shu bilan birga, bugungi kunda olib O‘zbekistonda borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.