Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston bir nechta joyda konsulxona ochadi

O‘zbekiston bir nechta joyda konsulxona ochadi

Yaqin kunlarda Rostov-Don (Rossiya), Oqtov (Qozog‘iston), Guanchjou (Xitoy) va O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi konsulxonalari ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Senatga bergan hisobotida aytildi, deyiladi Kun.uz xabarida.

Qayd etilishicha, 2018 yilda Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi vakolatxonalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha intensiv ishlar davom ettirildi. Vazirlik tarkibida Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi, Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘limi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi va arizalarni qabul qilish bo‘limi tashkil etildi. 

Tashqi siyosiy faoliyatni yanada kuchaytirish uchun xorijiy mamlakatlarda bir qancha yangi diplomatik missiyalar ochildi va mavjud bo‘lganlari kengaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 23ta xorijdagi vakolatxona bo‘yicha farmoni ishlab chiqildi va qabul qilindi. Ular jumlasiga Markaziy Osiyo davlatlari, Belarus, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Indoneziya va Hindistondagi elchixonalar, MDH, YUNESKO va BMTning Jeneva shahridagi bo‘linmasi huzuridagi doimiy vakolatxonalar va O‘zbekiston Respublikasining yangi bosh konsulliklari kiradi.

Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Qozon, Vladivostok va Olma-Ota shaharlarida bosh konsulxonalar ochildi. Yaqin kunlarda Rostov-Don (Rossiya), Oqtov (Qozog‘iston), Guanchjou (Xitoy) va O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi konsulxonalari ochilishi kutilmoqda.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:54 16.12.2018. O'qildi: 1852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!