Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston 8 oyda xorijdan qancha muzlatkich sotib oldi?

O‘zbekiston 8 oyda xorijdan qancha muzlatkich sotib oldi?

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, mamlakatimizga qiymati 22,5 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 162 mingdan ziyod muzlatgichlar import qilingan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil 25 783 dona kam muzlatkich xarid qilingan.
 
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 21 ta davlatdan muzlatgich import qilgan. Import ulushi yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy (71 ming), Rossiya Federasiyasi (59,5 ming), Indoneziya (8,5 ming),  Vyetnam (8,3 ming) va 4,7 ming dona muzlatgich bilan Belarus Respublikasini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimizda 2019 yilda qiymati 754,5 mlrd. so‘mlik 502 ming dona muzlatgichlar ishlab chiqarilgan.

Kiritildi: 10:55 17.09.2020. O'qildi: 2644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!