Bugun, 24 iyul kuni kechki payt «Janob Prezident» deb nomlangan hujjatli film taqdim etiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Film soat 21:00 da Prezident matbuot xizmatining Facebook'dagi sahifasida, 22:00 da «O‘zbekiston 24» telekanalida namoyish etiladi.
40 daqiqali filmdan davlat rahbarining intervyusi ham o‘rin olgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni 61 yoshga to‘ldi.
Manba: daryo. uz