Uzbekistan Airways samolyoti Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida favqulodda qo‘ndi.
Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari aeroport matbuot xizmatiga tayanib xabar berishdi.
“Toshkentdan Vladivostokka uchayotgan Boeing samolyoti texnik nosozliklar tufayli Krasnoyarskda favqulodda qo‘ndi. Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshdi”, deb xabar berdi matbuot xizmati.
Hech kim jarohat olmadi, deb xabar berdi report.az.