Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbek snayper qizi haqida film olindi

O‘zbek snayper qizi haqida film olindi

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Cinema of Central Asia" studiyasi tomonidan suratga olingan "O‘zbek qizi" badiiy filmining ilk katta premyerasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek snayper qizi haqida film olindi

Ushbu film o‘tgan asrning 1941-1945 yillarida bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushi yillarida ishtirok etgan o‘zbek xotin-qizlarining jang maydonlarida ko‘rsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi.

O‘zbek snayper qizi haqida film olindi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi davrida ayollarni urushga safarbar etish bo‘yicha hukumat qarori e’lon qilingan. Mazkur hujjat asosida 1942 yilning 1 mayidayoq O‘zbekistondan 448 nafar ayol Qizil armiya safiga safarbar etilgan. Shu yil oxiriga kelib esa bir ming 600 nafar o‘zbek ayollari urushga yuborilib, jang maydonlarida dushmanga qarshi kurashda katta jasorat ko‘rsatgan. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, bular asosan 19 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan ayollardir. Ular orasida dushman bilan yuzma-yuz turib, jang olib borgan Zeboxon G‘aniyeva, Rahima Alimova, Azizaxon Qalandarova, Sharofat Eshonxo‘jayeva, Sora Shukurova, Xosiyat Usmonova, Roza Ibrohimova, Salomat Sangidova, Sobira Majidova singari xotin-qizlar faxr bilan tilga olinadi.

Film ssenariy mualliflari Baxtiyor Abdug‘ofur, Igor Kosteychenko va Mansur Abduxoliqov, postanovkachi rejissor Akbar Bekturdiyev, operatorlar Husan Alijonov va Maksim Kurovskiy, montaj ustasi Xurshid Alixo‘jayev, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov.

O‘zbek snayper qizi haqida film olindi

Filmda rollarni Aysanem Yusupova, Feruza Saidova, Yigitali Mamajonov, Oleg Taktarov, Lapanisin Sergey, Milana Ivanova va boshqalar ijro qilgan.

Kiritildi: 22:53 08.05.2023. O'qildi: 17116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!