O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokini uchta uchrashuv bilan yakunladi.
Hamyurtlarimiz guruh bahslarining uchalasida mag‘lubiyatga uchradi va mundialni kutilganidan erta tark etadigan bo‘ldi.
Italiyalik bosh murabbiy Fabio Kannavaro jahon chempionati qaydnomasiga kiritilgan jami 26 nafar futbolchining hammasidan ham foydalanmadi.
Statistika ekspertlari murabbiylar shtabi uchta uchrashuv davomida 23 nafar futbolchini maydonga tushirganiga e’tibor qaratdi.
Jahon chempionatigan kelib, tarixiy musobaqada bir daqiqa ham o‘ynamasdan qolgan futbolchilar qatoridan darvozabon Botirali Ergashev, himoyachi Umar Eshmurodov, shuningdek yarim himoyachi Avazbek O‘lmasaliyev o‘rin oldi.
Ma’lumki, AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan 2026 yilgi jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun mundiallar tarixidagi ilk ishtirok bo‘ldi. Kannavaro shogirdlari "K" guruhida uchta o‘yin o‘tkazib, barchasida mag‘lubiyatga uchradi va pley-off bosqichiga yo‘l ola olmadi.
Guruh bosqichida O‘zbekiston Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5, DR Kongo jamoasiga esa 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada terma jamoa ochkolarsiz musobaqani tark etdi, to‘plar nisbati esa 2:11 ko‘rinishiga keldi.
O‘zbekiston terma jamoasining debyut jahon chempionatidagi tarixiy gollariga Abbosbek Fayzullayev (Kolumbiyaga qarshi o‘yinda) va Eldor Shomurodov (Kongo darvozasiga) mualliflik qildi.