Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbek bokschisining dahshatli nokauti. U raqibini 3-raunddayoq mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbek bokschisining dahshatli nokauti. U raqibini 3-raunddayoq mag‘lubiyatga uchratdi

Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5 KO) Toshkent vaqti bilan 31 oktyabr tongida o‘zining navbatdagi jangini meksikalik Alan Kampaga (17-6, 11 KO) qarshi o‘tkazdi.

Jang Bektemirning katta ustunligi bilan boshlandi. 2-raundda o‘zbekistonlik bokschi raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ydi. 3-raundda esa Bektemirning kuchli zarbalaridan so‘ng meksikalik bokschi nokaut holatiga tushdi. Shu tariqa Meliqo‘ziyev professional boksdagi 6-g‘alabasini nishonladi.

Bektemir ushbu g‘alabasi orqali WBO Intercontinental kamariga ega chiqdi. Meliqo‘ziyevning professional boksdagi g‘alabalari soni oltitaga yetdi.

Kiritildi: 09:10 31.10.2020. O'qildi: 4518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!