Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

“UzAuto Motors”: "Avtomobillar narxi arzonlashmaydi"

“UzAuto Motors”: "Avtomobillar narxi arzonlashmaydi"

Kompaniya axborot xizmati xabar berishicha, 2020 yil 19 avgust kuni, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasida “UzAuto Motors”ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risi”dagi Qonuni buzilishi belgilariga nisabatan ochilgan ish bo‘yicha navbatdagi tinglov o‘tkazildi. 

Bahsli masalalarni asoslash uchun zarur qo‘shimcha materiallarni tayyorlashga muddat qisqa ekanligi tufayli, “UzAuto Motors” AJ tomonidan ish ko‘rib chiqilishi keyinroqqa qoldirilishi (2005 yil 12 oktyabrdagi 225- sonli VMQga muvofiq)ni so‘rab iltimosnoma yo‘llangandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ish bir taraflama ko‘rib chiqildi, uning yakunida noto‘liq ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilindi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, avtomobillarni ishlab chiqarish murakkab jarayon bo‘lib, uni o‘rganish yetarlicha vaqt talab etadi. “UzAuto Motors” faoliyatini yanada chuqurroq va asosliroq o‘rganish kelgusi sud muhokamalari davomida mumkin bo‘ladi – kompaniya o‘zining ushbu huquqidan foydalanishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanishi ma’lum qilindi.

O‘z navbatida, kompaniya avtomobillar narxi asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 11:48 20.08.2020. O'qildi: 8220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!