Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘yindan o‘q chiqdi. Andijonda yigit o‘rtog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirdi

O‘yindan o‘q chiqdi. Andijonda yigit o‘rtog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudida qotillik jinoyatiga qo‘l urgan Doniyor Ahmadaliyevga hukm o‘qildi. U Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
 
2017 yil 14 oktyabr kuni Marhamat tumani IIBga tumanning “To‘lg‘a” MFY hududidagi “Qoratepa” qishlog‘ida yashovchi 1997 yil tug‘ilgan Omadbek Yusupov o‘ldirib ketilgani haqida xabar berilgan.
 
Ushbu ma’lumot kelgach, IIBda tezkor tergov guruhi tuzilib voqea joyiga chiqilgan. Voqea joyida Omadbek Yusupov qasddan o‘ldirilgani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan va tergov harakatlari boshlangan.
 
Tergov natijasida Omadbek Yusupovni uning o‘rtog‘i 1991 yil tug‘ilgan Doniyor Ahmadaliyev qasddan o‘ldirgani ma’lum bo‘lgan. Qotillikka ikki o‘rtoq o‘rtasidagi garov sabab bo‘lgan.
 
Omadbek va Doniyor futbol o‘yinlari ustida garov bog‘lagan. Mag‘lub g‘olibga 600 AQSh dollari berishiga kelishilgan. Garovda Doniyor yutqazgan, ammo sharoiti bo‘lmagani uchun pullarni bera olmagan. Omadbek esa pullarni so‘rab, o‘rtog‘ining hol-joniga qo‘ymagan.
 
Voqealardan uyidagilar xabar topishidan havotirga tushgan Doniyor Omadbekni arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. O‘yindan o‘q chiqdi deganlari shu bo‘lsa kerak-da.
 
Tergov yakunlangach, ish sudga yuborilgan. Sud Doniyor Ahmadaliyevga 18 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. U jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tkazadi.

Manba: qalampir. com

Kiritildi: 12:20 13.10.2018. O'qildi: 1986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!