17-18 avgust kunlari O‘sh shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan “Bandit” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazildi.
24.KG ta'kidlashicha, operasiya davomida avval sodir etilgan 5 ta jinoyat fosh etilgan va gumonlanuvchilar tergov organlariga topshirilgan. Shuningdek, kriminal muhitga aloqador, avval sudlangan 9 nafar fuqaro bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.
Tadbir davomida 107 ta avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi, 8 nafar mast haydovchi va noqonuniy tonirovka uchun 11 kishi ushlandi. Jami 783 nafar haydovchiga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solindi.