Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

USAID xodimlari soni 34 barobarga qisqartiriladi

USAID xodimlari soni 34 barobarga qisqartiriladi

Donald Tramp ma’muriyati AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) xodimlari sonini 10 000 kishidan 290 kishigacha qisqartiradi, deb xabar bermoqda Amerika ommaviy axborot vositalari. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Osiyo byurosida 8, Afrikada esa 12 nafar xodim qoladi. Tashkilotning sobiq rahbari Jon Brayan Etvud agentlik yo‘q qilinayotganini aytmoqda.

Amerikaning NPR portaliga ko‘ra, USAID xodimlari Vashingtondagi federal sudga Tramp ma’muriyatiga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Ular agentlikni faqat Kongress tarqatib yuborishi mumkin, ma’muriyatning harakatlari esa “konstitusiyaga zid va noqonuniy” deb hisoblaydi. NPR ta’kidlashicha, AQSh Davlat kotibi Marko Rubioga dunyo bo‘ylab vazifalari muhim deb topilgan 600 ga yaqin xodimlar ro‘yxati berilgan, ammo Rubio bor-yo‘g‘i ularning yarmidan kamini ishdan bo‘shatmaslikka rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq agentlikning xorijdagi xodimlariga AQShga qaytib kelishlari uchun 30 kun muhlat berilgan edi. USAID 2023 yilda 40 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratdi, bu pullarning asosiy qismi Ukrainaga yo‘naltirilgan.

Kiritildi: 15:22 07.02.2025. O'qildi: 1294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!