2025 yil 12 avgust kuni soat 10:20 lar atrofida Urgut tumani “Mergancha” mahallasi yo‘lida MAZ rusumli yuk avtomobili haydovchisi, ichki yo‘ldan “Kamangaron-Mergancha” yo‘nalishida harakatlanib kelib, oldindan harakatlanib kelayotgan MAN rusumli yuk avtomashinaning orqasidan urib yo‘l transport hodisasini sodir etgan.
Bu haqda Samarqand viloyati YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, YTH oqibatida hech kim jarohat olmagan
Holat yuzasidan Urgut tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.