Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning Xanchjou shahridagi maktablardan birida sinfxonaga uchta maxsus kamera o‘rnatildi. Kamera dars davomida o‘quvchilarni suratga olib qaysi o‘quvchi darsga qiziqish bilan yondoshayotgani, qay biri norozi, darsni xushlamayotganini yuz tuzilishiga asoslangan holda aniqlab beradi.
Hozircha kameralar o‘quvchilardagi emosiyaning sevinch, zerikish, hayajon, qayg‘u, jahl, ranjish, qo‘rquv, xotirjamlik, beparvolik kabi turlarini aniqlab berish imkoniga ega. Umuman aytganda, kameralar sinfxonadagi o‘quvchilarni e’tiborli va e’tiborsizga ajratib beradi. Xuddi o‘sha sinfdagi o‘quvchilardan birining gapiga qaraganda, kameralar sabab deyarli barcha sinfdoshlari darslarga yanada e’tiborli bo‘lishga harakat qila boshladi.
N+1