Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘qituvchilar 2019 yilda qancha maosh oladi? (jadval)

O‘qituvchilar 2019 yilda qancha maosh oladi? (jadval)

«Fuqarolar uchun 2019 yil byudjeti» loyihasi doirasida Moliya vazirligi 2019 yil uchun o‘qituvchilarning ish haqini oshirish jadvalini e’lon qildi.

2019 yilda umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini moliyalashtirish uchun jami 17 100,1 mlrd. so‘m yoki umumiy byudjet xarajatlarining 60, 2 foizini ajratish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari,  ilgari xabar qilinganidek, 2018 yilda umumta’lim muassasalari xodimlari uchun bazaviy tarif stavkalari ikki bosqichga ko‘tarildi. 2019 yil boshida ular quyidagi o‘lchamlarda bo‘lishi prognoz qilinmoqda:

Jadvalga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘qituvchilari toifasiga qarab 1 614 581 so‘mdan 2 225 864 so‘mgacha ish haqi oladilar.

Maktab direktori guruhiga qarab 2 236 441 so‘mdan 2 532 184 so‘mgacha ish haqi oladi.  Bundan tashqari,  direktor o‘rinbosarlari uchun ish haqi miqdorini 2 387 979 so‘mgacha,  psixologlar uchun - 1 453 123 so‘mgacha,  kutubxonachilar uchun esa 966 740 so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, sinf rahbarligi uchun EKIHning 10 foizgacha miqdorida, daftarlarni tekshirganlik uchun 50 foizgacha miqdorda va 40 foizgacha bo‘lgan miqdorda rahbariyat hisobidan kasbiy mahorat uchun ustamalar to‘lanadi.

Kiritildi: 16:35 06.12.2018. O'qildi: 45738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!