Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Unutmang! Qanday hazillarni qilish umuman mumkin emas?

Unutmang! Qanday hazillarni qilish umuman mumkin emas?

Abdulloh ibn Soib otasidan,u esa bobosidan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: Birortangiz sohibining narsasini o‘ynab yoki jiddiylik bilan olib qo‘ymasin. Agar hassasini olib qo‘ysa ham, darhol qaytarib bersin , deganlarini eshitdim .

Sharh: Demak, o‘yin qilib, hazil qilib, birovning narsasini berkitib qo‘yish, uni tashvishga solish, hijolat qilish, keyin orqasidan mazah qilib kulish mo‘min-musulmonlarga to‘g‘ri kelmas ekan. Mo‘min-musulmonlar bunday ishlarni mutlaqo qilmasliklari shart ekan.

Albatta, bu kabi ishlar mo‘min kishiga ozor hisoblanadi. Mo‘minga ozor berish esa mumkin emas. Bu mo‘min-musulmonlik odobiga to‘g‘ri kelmaydi.

Agar biror narsani olgan bo‘lsa, darhol o‘rniga qaytarish kerak ekan. Yo‘qsa, egasi uni axtarib xijolat bo‘lishi va ozor topishi yuzaga keladi.

Bas, shunga o‘xshash mo‘min-musulmonlarga ozod yetkazadigan o‘yin va hazillarning yaqiniga yo‘lamaslik kerak.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 10:47 22.02.2019. O'qildi: 3621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!