Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonun o‘zgarishi kutilmoqda

A A A
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonun o‘zgarishi kutilmoqda

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilmoqda. Bu haqdagi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
 
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 436–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 217-modda; 2003 yil, № 9-10, 149-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 6, 262-modda; 2008 yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009 yil, № 12, 470-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda; 2018 yil, № __, __-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritiladi.
 
1) 5-modda ikkinchi qismining:
 
ikkinchi xatboshisidagi “(oliy ma’lumotli shaxslar uchun - to‘qqiz oy)” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
 
uchinchi xatboshisidagi “to‘qqiz” degan so‘z “o‘n ikki”degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
 
2) 18-moddaning uchinchi qismidagi “aprel” degan so‘z “may” degan so‘z bilan almashtiriladi;
 
3) 19-moddaning birinchi qismidagi “fevral-mart” degan so‘zlar “mart-aprel” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
 
4) 20-moddaning beshinchi qismi:
 
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
 
“yigirma yetti yoshga to‘lganligi sababli Qurolli Kuchlar zahirasiga o‘tkazish to‘g‘risida;”;
 
sakkizinchi xatboshisi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblanadi;
 
5) 21-modda:
 
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldiriladi:
 
“Oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar o‘z roziliklari bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishlari mumkin. Bunda talabalar oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga yilning iyul-avgust oylarida jalb etiladilar.”;
 
to‘rtinchi–oltinchi qismlar tegishincha beshinchi–ettinchi qismlar deb hisoblanadi.
 
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda aholi o‘rtasida mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlaydi.
 
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
 
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
 
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlaydi.
 
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qalampir.uz

Kiritildi: 13:55 03.12.2018. O'qildi: 6094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!