Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Umidavtolizing”ga aldangan yana bir “qurbon”...

“Umidavtolizing”ga aldangan yana bir “qurbon”...

Ommaviy axborot vositalari, internet saytlarida jarchidek ming bor bong urishimizga qaramay, hanuz avtolizing xizmatlariga aldanib, peshona teri ila topgan pulini ham, orzu qilgan avtomashinasini ham ololmayotgan yurtdoshlarimizning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasiga qilayotgan murojaatlari aslo kamaygani yo‘q! 

Bugun yuzlab insonlarni yolg‘on va’dalar evaziga aldayotgan “Umidsavdofayzinvest” MCHJ xodimlari yuz yillar muqaddam bobolarimiz aytib ketgan “Yolg‘onchidan shon qolmas, nomidan nishon qolmas” naqlini mag‘zini chaqishsa bo‘larmidi?! 

Ularning yolg‘oni to‘riga tushib qolayotganlar kunda-kunora oramizda uchrab turibdi. O‘zAning yozishicha, olis Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida yashovchi soddadil yana bir yurtdoshimiz A.Sh 2018 yilning 26 iyun kuni “Umidsavdofayzinvest” MCHJdan Kobalt avtomashinasini olish maqsadida shartnoma imzolab, boshlang‘ich to‘lov 36 mln. 400 ming so‘mni o‘tkazgan. 

Shu kungacha shartnoma shartlari buzilib kelayotganligi haligacha avtomashina pulini qaytarib bermayotganligidan qattiq norozi bo‘lib, Federasiyaga murojaat qilgan. 

Ushbu murojaat asosida Federasiya mutasaddilari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada iste’molchi hisob raqamiga 36 mln. 400 ming so‘mi qaytarib berildi. 

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi ogohlantiradi: avtolizing xizmatlaridan foydalanishda ehtiyot bo‘ling, “Umidavtolizing” MCHJ aziyat chekayotganlar O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasiga murojaat qiling! Zero, iste’molchi sifatida o‘z huquqlaringiz buzilishiga yo‘l qo‘ymang!

Kiritildi: 15:55 02.10.2019. O'qildi: 3389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!