Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

“Ulushim ochiq qolgan...”

A A A
“Ulushim ochiq qolgan...”

— Yoshim 60 da. Erim bilan turmushimiz yaxshi bo‘lmagan. 30 yildan buyon birga yashamaymiz. Ikki nafar farzandimiz bor. Menga onamdan 8 sotix yer meros qolgan. Qaynotam shu yerga imorat solgan. Qurilishda meni ham hissam bor. O‘sha paytlarda erim qamalib qoldi. Ozodlikka chiqqanidan so‘ng birga qurgan uyimizni sotib, menga ulush bermadi. Bundan tashqari,1989 yil davlat tomonidan qo‘shimcha yer berilgan. Ammo erim yerning o‘ziga tegishli qismini sotib yuborgan. Meni ulushim esa ochiq qolgan. Yerning o‘zimga tegishli qismini sotish huquqini ololmayapman. Bunday huquq berilishi uchun bir xonali bo‘lsa ham uy qurishim kerak ekan. Ayni dam yerga xaridor bor, ammo erim to‘sqinlik qilyapti. Menga nima maslahat berasiz?

Ismi sir tutildi

Murojaatga fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi Jamshid SHAROPOV javob beradi:

— Yer uchastkasi yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismidir.

Er uchastkasining chegarasi planlarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning o‘zida) chegara belgilangandan keyin aniqlanadi.

Sizga o‘zingizga ajratilgan yer bo‘lagini sotish uchun oldin mazkur yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritishingiz lozimligi, ya’ni yer uchastkasiga nisbatan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingiz lozimligi tushuntiriladi.

Vaholanki, Yer kodeksining 31-moddasiga asosan yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.
Agar sizda ajratilgan yer uchastkasiga nisbatan huquqni tasdiqlovchi xujjat: Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat xujjati, Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat xujjati, Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat xujjati yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma mavjud bo‘lsa, o‘zingizga tegishli yer uchastkasini tegishli tartibda oldi-sotdi qilish huquqiga egasiz.

Turmush o‘rtog‘ingiz bilan o‘rtangizda yer uchastkasi bo‘yicha nizo mavjud bo‘lgan taqdirda mazkur masalada tegishli tartibda da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilish huquqingiz tushuntiriladi.

Kiritildi: 11:37 19.07.2022. O'qildi: 4556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!