Bugun 7 avgust, 2022 yil, yakshanba

КИР

O‘limga mahkum etilgan marokashlik askarning otasi Putinga xat yozdi

O‘limga mahkum etilgan marokashlik askarning otasi Putinga xat yozdi

Marokashlik yollanma askarning otasi Rossiya prezidentidan uning o‘g‘lini avf etishni so‘ragan.

Donesk Xalq Respublikasi hududida o‘limga mahkum etilgan marokashlik yollanma askarning otasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xat yozdi. U maktubni "Russia Today"ning arab tili tahririyati orqali rossiya prezidentiga jo‘natgan.

Maktubning qisqacha mazmuni shunday:

Ibrohim Saadun Ukrainaga 2019 yilda “faqat o‘qishini davom ettirish maqsadida” kelgan.

yigit yoshligi sababli yetarli hayotiy tajribaga ega bo‘lmagan va muloqot qiladigan insonlar doirasini to‘g‘ri tanlay olmagan.

2021 yilda “yosh va tajribasizligi tufayli Ibrohimni Ukraina armiyasiga shartnoma asosida xizmatga taklif qilishgan. Xolbuki, o‘g‘li bu haqida otasiga xabar bermagan, maslahatlashmagan”.

“Biz Ibrohimning Ukraina sharqidagi front liniyasiga jo‘natilganini hatto xayol qilmaganmiz. Chunki shu yilning mart oyida o‘g‘limiz bilan aloqa uzilib qolgan”;

“Ibrohim- tajribasiz yoshlarga yomon ta’sirlar va manipulyasiyalar qurboni bo‘ldi”

“Hurmatli Vladimir Vladimirovich, biz sizning mehribonligingiz va donoligingizga umid qilamiz. Axir siz ham Otasiz va otalik tuyg‘ularini yaxshi tushunasiz ... Biz sizning o‘g‘limizni avf etishingizni umid qilib qolamiz”.

Eslatib o‘tamiz, Ibrohim Saadun - marokashlik yollanma askar- Mariupol yaqinidagi jangda Donesk Xalq respublikasi milisiyasiga taslim bo‘lgan edi. DXR Oliy sudi uni va britaniyalik ikki yollanma askarlar Shon Pinner va Eyden Eslinni bir qator jinoiy moddalar, jumladan, yollanmachilik va respublikada hokimiyatni egallashga qaratilgan harakatlar bo‘yicha aybdor deb topgan. Uch nafar askarning barchasi o‘lim jazosiga hukm etilgan.

Kiritildi: 16:41 01.07.2022. O'qildi: 11012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!